Shavkat Mirziyoyev - Instagram'da eng mashhur siyosatchilardan biri
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Instagram sahifasiga a'zo bo‘lganlar soni bo‘yicha sobiq ittifoq hududidagi siyosatchilar ichida peshqadamlardan biri ekani ma'lum bo‘ldi.
BCW (Burson Cohn & Wolfe) xalqaro piar-agentligi «Dunyo yetakchilari Instagram'da» nomli tadqiqotini e'lon qildi va unda 426ta rasmiy davlat akkauntlarini taqqoslab ko‘rdi. O‘zbekistondan bu izlanishda Prezident va bosh vazir Abdulla Aripov akkauntlari qatnashdi.
Shavkat Mirziyoyev akkaunti sobiq ittifoq hududida 2-o‘rinda ekani oydinlashdi - uning obunachilari soni izlanish o‘tkazilgan vaqtda 831,7 mingni tashkil qilgan, hozir esa 1 milliondan oshib ketgan, deb yozadi «Xalq so‘zi».
Bu segmentda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev akkaunti peshqadamlik qilmoqda. Uning obunachilari soni 2,91 milliondan ortiq. Birinchi beshlikka Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev (236,7 ming obunachi), Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko (123,6 ming obunachi) va Qozog‘iston bosh vaziri Baqitjon Sagintayev (77,9 ming obunachi) akkauntlari ham kirgan.
Mavzuga oid
00:12 / 20.10.2024
Instagram hech qanday izohsiz eski videolarni skrinshotlarga aylantirib qo‘ymoqda
21:28 / 17.10.2024
WhatsApp va Instagram xodimlarini ommaviy ishdan bo‘shatishni boshladi
21:56 / 18.09.2024
Instagram o‘smirlar uchun ota-onalar nazoratidagi akkauntlarni joriy qilmoqchi
21:49 / 17.09.2024