Jahon | 22:30 / 11.12.2018
10034
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada yillik inflyatsiya 1,3 million foizni tashkil qildi 

Foto: sunsinger / shutterstock.com

Venesuelada inflyatsiya yillik ifodada 1,29 million foizni tashkil qildi. Bu haqda mamlakat milliy assambleyasining (parlament) moliya qo‘mitasi rahbari Rafael Gusman ma'lum qilgan.  

“Giperinflyatsiya saqlanib qolmoqda. Noyabrda inflyatsiya 144,2 foizni, yillik ifodada deyarli 1300000 foizni tashkil qildi”, deb aytgan Gusman.

U mamlakatda kechayotgan “ocharchilik va falokatga” javobgarlik hukumat zimmasida yotishini aytgan. 

Venesuelada oxirgi yillarda iqtisodiy inqiroz kuzatilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid