Quyoş nuri — Yerda normal hayot keçiriş uçun muhim şartlardan biri. Uning yöqligi darhol kayfiyat, ruhiy muvozanat va odam asab tizimiga ta'sir qiladi. Quyoşli kunlar soni kam bölgan şaharlar mavjud bölib, ulardagi bulutli havo va qoronğulikka qaramay, bu megapolislar faol şahar hayoti bilan ajralib turadi.

Murmanskda bir neça oylab davom etadigan tunlar tayyor bölmagan ruhiyatga kuçli ta'sir körsatişi mumkin. Biroq Qutb doirasi ortidagi mahalliy aholi quvvat va optimistik hissiy kayfiyatning yöqligidan nolişmaydi. Ular past haroratga ham könikişgan. Ayrim vaqtlarda harorat ölçagiç 10 daraja sovuqni ham körsatadi. Qoronğu kunlar va yiliga 1715 quyoşli soatlar mavjudligi ularga tösqinlik qilmaydi.

Şvetsiyaning Kiruna şahri Qutb doirasidan 150 km şimolda joylaşgan. U yer fasllar asosan qoronğulikda ötadi. Qişda oqşom tun bilan almaşadi. Quyoş bor-yöği bir neça haftagina közlarni quvontiradi. Bu vaqt asosan iyun oyining birinçi yarmiga töğri keladi. Kiruna nomining kelib çiqişi qiziq. U «oppoq quş» ma'nosini anglatadi. Oq töşak Şvetsiya şimolidagi vodiylar va toğlarda yotadi. U yerda 1680 quyoşli soatlar böladi.

Yaponiya da'vogarlik qiladigan Kuril orollarida Yujno-Kurilsk nomli rus şahri bölib, u özining tumanlari va uzoq davom etadigan tunlari bilan maşhur. Yil davomida uni 1662 soat quyoş nurlari yoritadi.

Amerikaning maydoni böyiça eng katta ştat poytaxti – Juno deyarli 8,5 ming kv.km.ni egallaydi. Biroq unda sivilizatsiya belgilari mavjud emas. Yovvoyi toğ va örmonlardan iborat. Quyoş yiliga bor-yöği 1,55 ming soat nur soçadi.

Germaniyaning Kyoln şahri ham quyoş nuri bilan maqtana olmas ekan. Soatlarda hisoblaganda quyoş u yerda yiliga 1,5 ming soat böladi. Omadni qarangki, qolgan jihatlari böyiça mahalliy aholi nolimasa ham bölaveradi.
















