Samarqanddagi yiğilişda iqlim özgarişi, atrof-muhitni himoya qiliş, yovvoyi hayvonlarni asrab qoliş böyiça dunyoning nufuzli taşkilotlari vakillari qatnaşmoqda. Ular Özbekistonning sönggi yillarda atrof-muhit sofligini saqlaş böyiça olib borayotgan işlariga ijobiy baho berişmoqda.

Jumladan, yiğiliş qatnaşçisi – Jahon bankining atrof-muhit, tabiiy resurslar va yaşil iqtisodiyot böyiça global direktori Valeriya Hikki Özbekistonda olib borilayotgan işlarni ijobiy baholaydi.

“Sönggi yillarda Samarqandda, umuman Özbekistonda ekologiya masalalari muhokama etiladigan keng kölamli tadbirlar ötkazilmoqda. Jahon bankining asosiy vazifalaridan biri qaşşoqlikni kamaytiriş bilan boğliq. Ekologiya muammolari bunga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Uşbu konferensiyada bizning maqsadimiz faqat yovvoyi hayvon turlari yöqolib ketişining oldini oliş emas, balki tabiatni asraş, Özbekiston va Markaziy Osiyo tajribasini örganiş hamda ularni qöllab-quvvatlaş. Biz davlatingiz rahbarining uşbu yönalişdagi takliflarini va qarorlarini qöllab-quvvatlaymiz. E’tiborlisi şundaki, Özbekiston qöşni mamlakatlar bilan yaxşi munosabatlar örnatgan va muzokaralar orqali ular bilan birgalikda iqlim özgarişiga qarşi kuraşmoqda. Aynan şuning uçun mamlakat yovvoyi hayvon turlarining yöqolib ketişining oldini olişda natijalarga erişmoqda”, deydi u.

Ma’lumot uçun BMTning yovvoyi hayvon turlarining köçib yurişini saqlaş böyiça Konvensiyasi (CMS COP14) iştirokçilari Konferensiyasining yiğilişlari har uç yilda bir ötkaziladi.

Samarqanddagi xalqaro tadbir 17 fevral kunigaça davom etadi va unda yovvoyi hayvonlarning köçib yuruvçi turlarini yaşaş muhitini saqlaş va tiklaş masalalari, şuningdek, haddan taşqari ekspluatatsiya, yaşaş joylarining yöqolişi va parçalanişi, ifloslaniş va iqlim özgarişi kabi turlarga tahdidlar muhokama qilinadi.