Putin Yeltsin unga prezident bo‘lishni qanday taklif qilgani haqida so‘zlab berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaroslavda o‘tgan Umumrossiya professional navigatsiya forumi “ProyeKTOriYa” doirasidagi ochiq dars davomida Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yeltsinning bosh vazir bo‘lish taklifini rad etgani haqida so‘zlab berdi. Yeltsin Putinning nomzodini parlamentda taqdim qilish oldidan unga bosh vazir bo‘lishni taklif qilgan.
Yeltsinning rejasiga ko‘ra, Putin dastlab vazirlar mahkamasiga boshchilik qilishi, so‘ngra prezident saylovlarida ishtirok etishi kerak bo‘lgan.
“Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yeltsin oldiga chaqirtirib, “Bosh vazir bo‘lishingiz uchun sizning nomzodingizni davlat dumasida taqdim qilmoqchiman, keyin esa sizga prezident saylovlarida ishtirok etishni taklif qilaman”, deb aytgan, men esa “Yo‘q” deb javob berganman”, deb eslab o‘tdi bo‘lgan voqeani Putin.
Putinning aytishicha, Yeltsin uning bu qaroridan juda taajjublangan. O‘shanda Putin hukumatni boshqarishga tayyor bo‘lmagan.
“U taajjublanib: “Nimaga ekan?” deb aytgan. Men esa unga “Men tayyor emasman” deb javob qilganman. Vaholanki, men anchagina katta bola edim”, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya prezidenti.
Putin shu so‘zlaridan keyin yoshlarga yuzlanib, ularga hayotlaridagi muhim qarorlarni iloji boricha ertaroq qabul qilishga tayyor bo‘lishlarini tilagan.
Mavzuga oid
23:01 / 21.11.2024
Putin Dneprga «Oreshnik» ballistik raketasi yordamida zarba berilganini ma’lum qildi
20:56 / 21.11.2024
Putin Pxenyan hayvonot bog‘iga sher va ikkita ayiq sovg‘a qildi
11:15 / 21.11.2024
Putin Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor - Reuters
09:28 / 21.11.2024