Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sentabr oyidan buyon davlat budjetiga tonirovkadan qancha pul kelib tushgan?
Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhammedov tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid statistik ma'lumot taqdim etildi.
Majlisda qatnashgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari o‘z hisobotida yil avvalining eng shov-shuvli qarorlaridan biri bo‘lgan — avtomobil oynalarini ma'lum summa evaziga qoraytirish huquqi, shuningdek, onlayn auksionda sotilgan chiroyli va «chiroysiz» raqamlar ortidan kelgan tushumlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra 2018 yilning 1 sentabridan boshlab avtomobillar oynasini qoraytirish (tonirovka) xizmatlarini taqdim etish orqali davlat byudjyetiga 6,9 mlrd so‘m kelib tushgan va tushumning 10 foizi ichki ishlar organlari xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan.
Davron Nazarmuhammedov o‘z nutqida onlayn auksionlarda 18.718 ta davlat avtotransport raqami 95,466 mlrd so‘mga sotilganini ham aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026