Shahrisabz va Yakkabog‘da paxta yetishtirish tugatiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Qashqadaryo iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, odamlarni ish bilan ta'minlash yo‘llarini ko‘rsatib o‘tdi.
Prezident viloyatning Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarida paxta yetishtirish bosqichma-bosqich tugatilishi haqida ma'lum qildi.
«Shahrisabzda 6ta kollej bor. Kimga kerak bu kollejlar. Bu kollejlarni bitirganlarni kim ish bilan ta'minlaydi?
Shahrisabz shahrida Toshkent Kimyo-texnologiya institutining oziq-ovqat bo‘yicha filialini ochamiz.
Kitob, Shahrisabz va Yakkabog‘da katta qo‘shma korxonalar qurmoqchimiz. Bu yerda paxtani tugatamiz. Menga Shahrisabzning paxtasi kerak emas. Bu yerda qayta ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz. Buning uchun mutaxassislar kerak. Hammani Toshkentga olib borib o‘qita olmaymiz. Shu yerda tayyorlaymiz mutaxassislarni», deya prezidentning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Prezident shuningdek, Shahrisabzda Toshkent Pedagogika universiteti hamda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti filiali ochilishini ma'lum qilgan.
«Yerlarning ahvoli yomon. Qashqadaryoga muhandislar kerak, yer tuzilishi bo‘yicha ham, gidrotexnika bo‘yicha ham kerak, institutning barcha sohalari bo‘yicha mutaxassislar kerak», degan prezident.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi
O‘zbekiston | 17:42
-
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi
Jahon | 17:37
-
Ikkilamchi avtomobil bozori: Cobalt’dan tortib BYD Song Plus’gacha bo‘lgan bir qator avtomobillarning narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 17:24
-
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03
Mavzuga oid

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025