Sankt-Peterburgda 58 xonali xonadon borligi ma'lum bo‘ldi

Foto: Vyacheslav Aleksandrovich
Sankt-Peterburgning Moskovskiy rayonida 58 xonali xonadonning ikki xonasi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda rieltorlardan biri o‘zining Facebook-akkauntida ma'lum qildi.
«Hayotda hamma narsani ko‘rishni istaganlar uchun — Sankt-Peterburgdagi 58 xonali xonadonni ko‘ring. Ha, qonunchilikning mukammal emasligi sababli boshog‘riq paydo qiluvchi va uy egasiga ham, rieltorga ham noqulaylik tug‘diruvchi mana shunday xonadonlar bor», deb yozdi ko‘chmas mulk agenti.
Rieltorning aniqlik kiritishicha, 58 xonali xonadon sobiq umumiy yotoqxona bo‘lib, xususiylashtirishdan so‘ng xonadonga aylangan. Unda barcha yashovchilar uchun 50 metrli bitta oshxona mavjud, to‘rtta xonaga bitta sanitariya tarmog‘i to‘g‘ri keladi.
Sotuvga ikkita xona qo‘yilgan bo‘lib, ularning umumiy maydoni 40 kvadrat metrni tashkil etadi. Bu xonalar uchun 3 million rubl (45100 dollardan ortiqroq) so‘ralmoqda.
Avvalroq ekspertlar Rossiyada sotuvga qo‘yilgan eng qimmat bir xonali xonadonlar reytingini tuzishgandi. Peterburgning Krestovskiy orolida joylashgan xonadon ushbu reyting g‘olibiga aylandi. Maydoni 112 kvadrat metrga teng bo‘lgan bu xonadonning narxi 70 million rubl (1 mln dollar) atrofida.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
UzAirways yo‘lovchiga maxsus ovqat bermagani uchun javob berishiga to‘g‘ri keldi
O‘zbekiston | 15:52
-
Orbanning raqibi Ukrainaning YeIga a’zoligi bo‘yicha referendum o‘tkazishni va’da qildi
Jahon | 15:22
-
Zelenskiy: AQShda Ukrainadagi urush haqidagi Rossiya qarashlari ustunlik qilmoqda
Jahon | 15:13
-
Qirg‘iziston Rossiya elchisidan Moskvadagi fuqarolari tahqirlangani yuzasidan izoh talab qildi
Jahon | 15:04
Mavzuga oid

09:17
9 ta xonadon uchun transformator o‘rnatib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

10:37 / 24.03.2025
Peterburgda migrantlarning kelib chiqishi va millatini aniqlaydigan kameralar o‘rnatiladi

12:26 / 22.02.2025
Peterburgdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi

08:10 / 24.01.2025