22:50 / 16.12.2018
12098

«Liverpul» «MYu»ga 3ta gol urdi va birinchi o‘ringa qaytdi

Foto: Liverpool FC

Angliya chempionati 17-turidagi markaziy uchrashuv Liverpuldagi «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda «Liverpul» «Manchester Yunayted»ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda hisobni 24-daqiqada Sadio Mane ochdi, ko‘p o‘tmasdan Jyessi Lingard hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Yurgen Klopp maydonga Keyta o‘rniga Jyerdan Shaqirini tashladi va shveysariyalik futbolchi qisqa vaqt ichida ikkita gol urib, jamoasi g‘alabasini ta'minladi.

Mersisaydliklar bu g‘alaba evaziga ochkolari sonini 45taga yetkazdi va turnir jadvalida yana «Manchester Siti»ni (44 ochko) quvib o‘tib, peshqadamga aylandi. «Manchester Yunayted» esa 26 ochkosi bilan oltinchi o‘rinda qoldi.

Angliya chempionati
17-tur
Liverpul – Manchester Yunayted 3:1 
(1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 24 Mane, 1:1 – 33 Lingard, 2:1 – 73 Shaqiri, 3:1 – 80 Shaqiri.
Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson, Klayn, van Deyk, Veynaldum, Fabino, Keyta (Shaqiri, 70), Mane (Henderson, 84), Saloh, Firmino.
Manchester Yunayted – De Xea, Darmian, Lindelef, Yang, Bayi, Errera (Marsyal, 79), Lingard (Mata, 85), Matich, Diogu Dalot (Fellayni, 46), Reshford, Lukaku.
Ogohlantirishlar: Diogu Dalot (26), Lukaku (40).

Mavzuga oid
Top