Jahon | 22:32 / 17.12.2018
20052
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenkoning 2018 yildagi daromadi ma'lum qilindi 

Foto: Foto: GLOBAL LOOK PRESS

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 12 marcha kattaroq daromad olgan. Poroshenko soliq deklaratsiyasida 198 mln griven (7 mln dollar) daromad olganini ko‘rsatgan. Bu haqda “Ukrainskiye novosti” nashri ma'lum qildi. 

“Bu qiymat prezident tomonidan bir yil avval deklaratsiya qilingan qiymatdan 12 marchadan ko‘proqni tashkil qiladi”, deyilgan xabarda. Ukraina prezidenti 2017 yilda 16,3 mln griven daromad olgan.  

Poroshenko “Eng boy ukrainaliklarning yetakchi yuztaligi”ga kiradi. U 1,1 mlrd dollarlik boylik bilan ushbu reytingning 6-pog‘onasidan joy olgan. Poroshenkoning asosiy aktivi Roshen qandolatchilik korporatsiyasi hisoblanadi. 

Poroshenko 2014 yil prezident lavozimini bajarishga kirishayotganda o‘z biznesidan voz kechishga va'da bergandi, biroq hanuzgacha buni amalga oshirmagan.

2018 yil fevralda Ukraina prezidenti uning davlat rahbari sifatidagi hayoti “bol” emasligi, prezidentlik yillari davomida uning shaxsiy boyligi kamayib ketganidan arz qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid