Jahon | 19:35 / 19.12.2018
7810
1 daqiqa o‘qiladi

Alibaba o‘z oldiga ulkan maqsad qo‘ydi

Foto: EPA

Xitoyning elektron savdo sohasidagi eng yirik internet-kompaniyasi Alibaba 2036 yilgacha foydalanuvchilari sonini 2 mlrd kishigacha yetkazmoqchi.

Joriy yilning iyun oxiriga ko‘ra, Alibaba’ning foydalanuvchilari soni 576 mln kishini tashkil qilgan.

Alibaba’ga tegishli Tmall International savdo maydonchasi bosh direktori o‘rinbosari Vey Chenning fikricha, “agar xitoylik iste'molchilarning 1 foizi kompaniyadan xarid amalga oshirsa, unda bu Alibaba foydalanuvchilari bazasining ulkan miqdorda o‘sishini ta'minlaydi”.

Chenning ta'kidlashicha, Alibaba’ning asosiy vazifalaridan biri xitoylik va xorijiy iste'molchilarga butun dunyo bo‘ylab mahsulotlar sotib olishda va joylashgan yerlaridan qat'iy nazar, mobil to‘lovlarni amalga oshirishda yordam berishdan iborat.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid