23:26 / 19.12.2018
14766

Beylning het-trigi «Real»ni klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga olib chiqdi

Birlashgan Arab Amirliklarida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Ikkinchi yarimfinalda «Real» klubi Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubi bilan o‘ynadi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Madridliklar hujumchisi Garet Beyl uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Endi «Real» klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida «Al-Ayn» bilan bellashadi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - 2018
Yarimfinallar
18 dekabr
River Pleyt (Argentina) – Al-Ayn (BAA) - 2:2 pen. 4:5
Gollar: Borre (11, 16) – Berg (3), Kayo (51)
Amalga oshirilmagan penalti: Martines (River, 69) 

19 dekabr
Kashima Antlers (Yaponiya) - Real Madrid (Ispaniya) - 1:3
Gollar: Doi (78) – Beyl (44. 53, 55) 

3-o‘rin uchun bahs
22 dekabr, 16:30
River Pleyt (Argentina) – Kashima Antlers (Yaponiya)

Final
22 dekabr, 19:30
Real Madrid (Ispaniya) – Al-Ayn (BAA)

Mavzuga oid
Top