Mourino iste'fodan keyin ilk intervyuni berdi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino 18 dekabr kuni iste'foga chiqarilganidan so‘ng, ilk marotaba jurnalistlar bilan muloqot qildi.
«Manchester Yunayted» mensiz ham buyuk kelajakka ega, men ham «Manchester Yunayted»siz kelajakka egaman. Hech kim bilan hissiyotlarim to‘g‘risida gaplashmoqchi emasman, hatto muxlislar bilan ham. Hammasi tugadi. Men shunaqaman.
Men o‘tgan ishlarni muhokama qilgan, aybdorlarni tilga olgan murabbiylarni tanqid qilganman. Men unday emasman. Siz jurnalistlar ham meni hurmat qilishingiz lozim.
Hozircha futbolga qaytmayman. O‘z bilganimcha yashamoqchiman. «Manchester Yunayted» o‘tmishda qoldi», – dedi Mourino.
Mourino «Manchester Yunayted»ga 2016 yil yozda kelgan edi. U jamoa bilan Angliya Superkubogi, Liga Kubogi va Yevropa Ligasida g‘alaba qozondi.
Mavzuga oid
16:05 / 08.11.2024
«Old Trafford»da «Amorim-bol»: Yangi murabbiy qo‘l ostidagi «MYu» qanday taktik yechimlar taqdim etadi?
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
16:20 / 02.11.2024
«MYu»da yangi bosh murabbiy. Klub Ruben Amorimni tanlashiga 4 sabab
17:38 / 28.10.2024