Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev Alisher Usmonovni orden bilan mukofotladi
Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovni “Do‘stlik” (Dostyq) I darajali ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
“Prezident Nursulton Nazarboyevning farmoni bilan Qozog‘iston mustaqilligi kuni munosabati bilan taniqli rossiyalik tadbirkor, USM Holdings kompaniyasi ta'sischisi va metsenat Alisher Usmonov “Do‘stlik” I darajali ordeni bilan mukofotlandi”, deyilgan xabarda.
“U bu yuqori mukofotga davlat va jamoat faoliyatidagi xizmatlari, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi ulkan hissasi uchun mukofotlandi”, deyilgan tashqi ishlar vazirligida.
Aytish joizki, Usmonov 2011 yilda “Do‘stlik” II darajali ordeni bilan mukofotlangan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oxirida Alisher Usmonovni “El-yurt hurmati” ordeni bilan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa noyabr oxirida «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» III darajali ordeni bilan mukofotlagandi.
Mavzuga oid
09:24 / 20.06.2026
Zelenskiy Polshaning eng oliy ordenidan mahrum etildi
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
15:25 / 06.01.2026