«Biz Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozondik, prezidentligim vaqtida u yerda bo‘lishimizning yagona sabab shu edi», deb yozdi u. 

Avvalroq AQSh Suriya hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketish haqida o‘ylayotgani ma'lum bo‘lgandi. Ammo qo‘shinlarning qachon olib chiqib ketilishi muddati aniq aytilmagan.

Oq uy va Pentagon bu borada hech qanday izoh bermadi.