O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 20 dekabr kuni O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar tashkilotga yangi rais saylab olishdan iborat edi. Shuni inobatga olgan holda federatsiya rahbarligiga Aziz Komilov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari taqdim etilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi va shu tariqa Aziz Komilov O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining yangi raisi lavozimiga saylandi. Jamshid Nasriddinov esa federatsiya bosh kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
Konferensiya davomida so‘zga chiqqan Umid Ahmadjonov yangi rahbariyat oldiga mamlakatimizda dzyudo ommaviyligini oshirish, Tokio Olimpiadasida delegatsiyamiz hisobiga oltin medalni taqdim etish vazifasini qo‘ydi. O‘z navbatida buning uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan yetarli shart-sharoitlar yaratib berilishini ma'lum qildi.
Dzyudo federatsiyasining yangi raisi esa o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlab, yangidan-yangi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishga tayyor ekanligini aytdi. O‘z rejalari bilan tanishtirib o‘tdi. O‘z navbatida bungacha erishilgan natijalarda, Respublikamizda dzyudoning bugungi kunda tutgan mavqeida federatsiyaning avvalgi rahbariyati hissasi katta ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.
Ma'lumot uchun, Komilov Aziz Yoqubjonovich 1984 yilning 19 iyunida Toshkent shahrida tavallud topgan. Oilali. Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025