19:08 / 20.12.2018
29474

Putinga «Gazprom» rahbarlarining puldor farzandlari ustidan shikoyat qilishdi

Foto: Yekaterina Kuzmina / RBK

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «Gazprom» top-menejyerlarining farzandlari kompaniya mablag‘larini qanday sarflashayotgani va sho‘'ba korxonalarda rahbarlik lavozimlarini egallab olganliklari ustidan shikoyat qilishdi. Bu Putinning an'anaviy matbuot anjumanida sodir bo‘ldi.

«Gaz monopoliyasi muammolari va bu muammolar ortidan aholi jabrlanayotgan bir paytda kompaniya boshqaruvi rahbarlarining farzandlari sho‘'ba korxonalarda top-menejyerlik lavozimlarini egallashdan uyalishmayapti. Buning ustiga, ular internetga qimmatbaho avtomobillar suratlarini joylashtirishdan, Italiyada futbol tomosha qilish uchun biznes-jyetlarda parvoz qilishdan uyalishmayapti. Bunga nima deysiz, Vladimir Vladimirovich?» deb so‘radi 47news.ru nashri jurnalisti Viktor Smirnov. 

«Xarajatlarni, superjyetlardagi parvozlarni doim kuzatib turish va ular nima qilishgani, qanday futbol tomosha qilishgani ko‘rib turish kerak. "Gazprom" xorijdagi futbol klublariga homiylik qiladi, masalan, Germaniyada «Shalke-04»ni. Nima uchun homiylik qiladi? Chunki u yerda, Germaniyada faol ish olib boradi. Italiyada ham ishlaydi», deb javob qaytardi Putin.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xarajatlar davlat tomonidan nazorat qilinishi lozim. 

«Hamma narsa sog‘lom fikr doirasida bo‘lgani ma'qul va buni diqqat bilan kuzatib turish darkor. Bunga e'tibor qaratganingiz to‘g‘ri. Ular qayerga va nimada parvoz qilishayotganini ko‘rib chiqaman», dedi Rossiya rahbari. 

Mavzuga oid
Top