Silk Visa qachon yo‘lga qo‘yilishi ma'lum qilindi
O‘zbekiston Qozog‘iston bilan hamkorlikda Silk Visa rejimini yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda, ayni damda u deyarli barcha muvofiqlashtirish bosqichlardan o‘tgan bo‘lib, 2019 yilning fevral oyidan amalda qo‘llaniladi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayev 20 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan tadbir davomida shu haqida ma'lum qildi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
"Bugunga kelib faqat texnik jihatlarni hal qilishgina qoldi, zero O‘zbekiston va Qozog‘istonning viza rejimi bir-biridan farq qiladi. Masalan, bizda elektron vizalar yo‘lga qo‘yilgan, ularda esa bu ish hali oxiriga yetkazilmagan. Bizning taxminlarimizga ko‘ra, Silk Visa fevral oyidan yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda", - deydi u.
Bundan tashqari, Ulug‘bek Qosimxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, hozir Qirg‘iziston va Tojikiston ham ushbu loyihaga qiziqish bildirmoqda. Turkmaniston bu masala ustida hali o‘ylanmoqda. Qozog‘iston bu vizaga Ozarboyjon va Turkiyani ham qo‘shmoqchi, ya'ni bu nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari, balki Ozarboyjon va Turkiyani ham o‘ziga qamrab oluvchi loyiha bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024