Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akasining pasporti bilan xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan uka qo‘lga olindi
Joriy yilning 28 noyabr kuni «Islom Karimov» xalqaro aeroportida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fuqaro R.O. akasining pasportidan foydalanib chegara nazoratidan o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtda hibsga olingan.
Ushbu shaxs Toshkent shahri Olmazor tumanida istiqomat qilishi va boshqa ma'lumotlar aniqlangan.
Ma'lum bo‘lishicha, ayblanuvchi o‘z akasining pasportini unga bildirmay o‘g‘rincha olgan. Shundan so‘ng, aeroport binosida ushbu pasportga aloqador ma'lumotlarni aytgan. Aeroport qo‘riqlash xizmati orqali ichkariga kirib, uchib ketuvchilar ro‘yxatidan va bojxona nazoratidan o‘tganidan so‘ng, chegara punktigacha yetib borgan va shu yerda chegara xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.
Unga Jinoyat Kodeksining 227-moddasi 2-qismi «a» bandi (pasportni noqonuniy egallash), 228-moddasi 3-qismi (qalbaki ekanligini bila turib foydalanish), 223-moddasi 1-qismi (belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan o‘tish) bilan e'lon qilingan aybga to‘liq iqrorligini bildirgan.
Hozirda ayblanuvchiga ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va u sud hukmini kutmoqda.
Mavzuga oid
14:21 / 05.05.2026
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
23:14 / 10.04.2026
Prezident Buxoroda yangi aeroport qurilishi bilan tanishdi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026