Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga kömaklaşiş va uni rağbatlantirişni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda Joriy yil mobaynida mamlakatimizning taşqi iqtisodiy sohasida taşqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravişda jadal oşirişga qaratilgan tarkibiy özgarişlar amalga oşirilgani, xususan, valyuta siyosati liberallaştirilgani, ma'muriy tösiqlar bartaraf etilgani, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uçun narxlarni şakllantiriş va tölovning bozor mexanizmi joriy qilingani qayd etilgan.

Amalga oşirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravişda olib borilayotgan monitoring taşqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real ösiş sur'atlari iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş sur'atlariga muvofiq emasligini körsatayotgani qayd etilgan. 

Birinçi navbatda raqobatbardoş afzalliklarga ega bölgan tarmoqlarda quyidagi bir qator tizimli muammolar va kamçiliklarning saqlanib qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli ösişini ta'minlaşga tösqinlik qilayotgani sanab ötilgan:

  • birinçidan, işlab çiqariş quvvatlaridan va keng turdagi xom aşyo, şuningdek, mehnat resurslari mavjud bölgan hamda taşqi bozorlarda raqobatbardoş bölgan yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlarni işlab çiqarişni ta'minlovçi afzalliklardan töliq hajmda foydalanilmayapti;
  • ikkinçidan, eksport qiluvçi korxonalar faoliyatini moliyaviy qöllab-quvvatlaş vositalari rivojlanmayapti, eksportoldi va eksportni moliyalaştiriş mexanizmlari mavjud emas;
  • uçinçidan, çuqur marketing tadqiqotlarini ötkaziş, uzoq muddatli barqaror taşqi bozorlarni şakllantiriş va xorijda taşqi savdo infratuzilmasini yaratişga yetarli darajada e'tibor qaratilmayapti;
  • törtinçidan, har xil xizmat turlari eksportini taşkil qiliş va ilgari suriş böyiça tizimli işlar mavjud emas, ularni körsatiş uçun zarur infratuzilma rivojlanmagan.