Futbolni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori imzolandi
Unda ommaviy va professional futbolni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilandi.

Prezidentning «Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Unga ko‘ra, har yili mahalla yoshlari o‘rtasida, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «Ommaviy futbol» (Grassroots) festivali va musobaqalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Maktablarda futbol», oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Talabalar ligasi» respublika musobaqalari o‘tkaziladi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi futbol mahorat maktablari amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufiga o‘tkaziladi va ular futbol akademiyalari sifatida qayta tashkil etiladi.
Kelgusi yillarda futbol maktablari professional futbol klublariga bosqichma-bosqich biriktiriladi.
Futbol maktablari Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablag‘laridan moliyalashtiriladi.
Nodavlat futbol maktablari va futbolni rivojlantirish sohasida faoliyat yuritayotgan boshqa nodavlat tashkilotlar (nodavlat futbol muassasalari) uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi a’zosi bo‘lishi talabi o‘rnatiladi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA), Osiyo futbol konfederatsiyasi talablariga muvofiq futbol o‘yinlarida adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimidan foydalanish yanada kengaytiriladi.
«O‘zmetkombinat» AJ, «Olmaliq KMK» AJ, «Navoiy KMK» AJ va «O‘zbekneftgaz» AJ futbolni rivojlantirishga homiylik xayriya yordamini ko‘rsatadi.
Bir oy muddatda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi va Pro Ligasining professional futbol klublari homiy tashkilotlarga biriktiriladi.
O‘zbekiston olimpiya jamoasining 2024 yil Parijda va 2028 yil Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi «Olimpik» klubi qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. 2023 yildan boshlab har yili Jamg‘armani qo‘llab-quvvatlash uchun Davlat budjetidan 25 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
2023–2024 yillarda Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «Do‘stlik» stadioni hududida futbol bo‘yicha barcha yosh toifasidagi terma jamoalar shug‘ullanishi uchun budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Terma jamoalar markazi quriladi.
Unda 280 o‘rinli zamonaviy mehmonxona, mini-futbol uchun yopiq sport maneji, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona binolari quriladi, shuningdek, ushbu binolarda Respublika bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi joylashtiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy futbol assotsiatsiyalarining rahbari etib belgilanadi.
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan erkaklar, ayollar futboli va mini-futbol bo‘yicha futbol jamoalari tashkil etilishi va ularning musobaqalarda muntazam ishtiroki ta’minlanadi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Indoneziya ishga qabul qilishda yosh cheklovlarini olib tashladi
Jahon | 18:32
-
Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:24
-
Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston tashqi ishlar vazirlari uchrashadi
Jahon | 17:53
Mavzuga oid

14:47 / 04.05.2025
“Inter Milan” klubi har qanday jamoa uchun boshog‘riq bo‘la oladi” – Orif Tolipov

10:41 / 22.02.2025
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi

12:15 / 01.02.2025