«Paxta xomaşyosi yetiştiruvçilar faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori (PQ–23-son, 26.01.2023 y.) qabul qilindi.

Unga köra:

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan paxta-töqimaçilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralaşiş, ularning ta’sisçilarini yiğilişlar va boşqa tadbirlarga çaqiriş, fermerlar bilan böladigan munosabatlariga ta’sir ötkaziş qat’iyan man etiladi;
  • paxta-töqimaçilik klasterlariga tört tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan taşqari qöşimça majburiyatlarni yuklaş taqiqlanadi.
  • 2023 yil hosilidan har yili 1 oktyabrgaça paxta-töqimaçilik klasterlari tomonidan fermer xöjaliklari bilan kelgusi yil hosili uçun paxta yetiştiriş böyiça fyuçers şartnomalari tuziladi (2023 yil hosili uçun 2023 yil 1 fevralga qadar).

Şuningdek, 2023 yildan:

  • xorijdan olib kelingan va respublikamizda işlab çiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlaştirilgan yer tekislagiç agregatlarini sotib olgan qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilariga ular qiymatining 30 foizi qoplab beriladi;
  • paxta yetiştiriladigan maydonlarni nasos orqali suğorişda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigaça qismi qoplab beriladi.
  • 2025 yil 1 yanvargaça import qilinadigan ayrim mineral öğitlarga bojxona bojining «nol» stavkasi qöllaniladi.