22:38 / 23.12.2018
37925

AQShda ikkita “shoh-bomba” sinovdan o‘tkazildi (video)

Foto: youtube.com

AQShda ikkita o‘ta qudratli GBU-57 Massive Ordnance Penetrator (MOP) bombasi sinovdan o‘tkazildi. Sinov o‘tkazilishi videosi YouTube’dagi The Aviationist kanalida joylashtirilgan.

Ma'lum qilinishicha, bombalar B-2 Spirit strategik bombardimonchi samolyotidan tashlangan. 

Videoda bomba samolyotdan tashlangandan keyin uning dum qismidagi stabilizatorlari ochilib, so‘ngra bomba yer tomon “sho‘ng‘iganini” ko‘rish mumkin. 

GBU-57 korrektsiyalanuvchi aviatsiya o‘q-dorisi hisoblanib, bunkerlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Bomba katta kuchga ega bo‘lib, bir donasi 13,6 tonna keladi va 60 metr qalinlikdagi betonni teshib o‘ta oladi. Bomba GPS-navigator bilan jihozlangan. Mutaxassislar amerikaliklar bunday “shoh-bombalar”ni Shimoliy Koreyadagi bunkerlarni yo‘q qilish uchun qo‘llanishi mumkinligini aytishadi.

GBU-57 bombasi 2007 yilda Eron va Shimoliy Koreyadagi yer osti istehkomlarini yo‘q qilish uchun ishlab chiqilgan. Biroq keyinroq Pentagonda bomba bu maqsadlar uchun yetarlicha kuchli emasligi aytilgan va u modernizatsiya qilingan. Bombani yaratishga ketgan umumiy qiymat 400 mln dollarga yaqinni tashkil qiladi.

Top