Jahon | 20:34 / 23.12.2018
21872
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada o‘nlab paypaslagichlari bo‘lgan dengiz "maxluqi" topildi

Foto : Reddit

G‘arbiy Avstraliyaning Brum shahrida yashovchi Trevis Pauer plyajda ulkan og‘iz va o‘nlab paypaslagichlarga ega dengiz mavjudotini topib oldi, deb xabar berdi Daily Express.

U bu mavjudotning qanday jonivor ekanligini aniqlay olmagan va uni olimlarga bergan. 

"Avvaliga u menga o‘lik yoki zaharlidek tuyuldi, chunki u qimirlamasdi va rangi o‘ziga xos edi", dedi Pauer.

Dengiz biologlari bu jonivorning aktiniya ekanligini ma'lum qilishdi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid