Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov ichki ishlar tizimida ayol kadrlarni ko‘paytirish mavzusini ko‘tardi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot konferensiyasi doirasida ichki ishlar tizimida ayol kadrlar ulushini oshirish mavzusini ko‘tardi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Tadbirda ma'lum qilinishicha, bugungi kunda huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash yo‘nalishida qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta'minlash natijasida ichki ishlar organlari tayanch punktlari qo‘shimcha ravishda 907 taga ko‘payib, jami 4726 taga yetkazildi. Hozirda O‘zbekiston bo‘yicha 6891 nafar profilaktika inspektori faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bosh vazir Abdulla Aripov xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish borasida nafaqat Xotin-qizlar qo‘mitasi, balki barcha jamoat tashkilotlari tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etishi shart ekanligini ta'kidladi. Ichki ishlar vazirligi sodir etilgan har bir jinoyat va huquqbuzarliklarni tegishli jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari ishtirokida har payshanba kuni o‘tkaziladigan profilaktika kunida sabablarni tahlil qilgan holda muhokama etib borishlarini ta'minlashi lozimligi qo‘shimcha qilindi.
Shu o‘rinda Abdulla Aripov ichki ishlar tizimida ayol xodimlar ulushini oshirish mavzusiga e'tibor qaratdi:
"Endi ichki ishlar tizimida ayol kadrlarni ko‘paytirish maqsadida Ichki ishlar akademiyasiga qizlar uchun qabul kvotasini oshirish masalasini ko‘rib chiqishimiz kerak. Hozir kimning tavsiyasi bilan, qaysi mantiqqa asosan Ichki ishlar akademiyasiga qizlar uchun 5 foizlik kvota qo‘yilgan? Kuni kecha akademiyaga bordik, u yerda shunday qizlar bor, hayron qolasiz, havasingiz keladi - aql-idrok, til-zabon, hammasi joyida, har qanday yigitlarni ortda qoldiradigan qizlar! Ularning orasida qo‘l jangi ustalari, chempionlari ham bor. Mana, Prezidentimiz ayol psixologlarni ko‘paytirish vazifasini berdilar, ular qayerda ishlaydi - ular ichki ishlar tarkibida ishlashi kerak yoki voyaga yetmaganlar bilan ishlashi kerak. Voyaga yetmaganlar bilan erkak inspektor yaxshi ishlay oladimi? Yo‘q, u bilan faqat ayol inspektor gaplashib, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish bo‘yicha kerakli profilaktika chorasini ko‘rishi mumkin. Kechirasizlar-ku, mening fikrimcha, bu - diskriminatsiya", - dedi Bosh vazir.
Shuningdek, Abdulla Aripov ichki ishlar tuzilmasida ayol kadrlarning ko‘payishi korrupsiyaning kamayishiga olib kelishini qayd etdi hamda ushbu taklifni Prezidentga olib chiqishini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026