Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sochi olimpiadasi qurilishlarida ishlagan o‘zbekistonliklar Tashkent city'da ishlamoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Sochi olimpiadasida ishlagan 3 mingga yaqin o‘zbekistonlik quruvchining Tashkent city'da faoliyatini davom ettirayotganini bildirgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bosh vazir Abdulla Aripov, qator vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida o‘tgan tadbirda Qo‘mitaning so‘nggi besh yillik faoliyati yakunlari sarhisob qilindi hamda Taftish komissiyasining hisoboti eshitildi.

«Prezidentimizning munosib ish joylarni tashkil etish bo‘yicha olib borayotgan islohotlari natijasida u yoqdan sekin-asta kadrlarimiz qaytyapti. Nega? Chunki munosib ish, munosib haq taklif etilyapti. Sochida ishlagan yaxshigina pul olgan. Turkiyadan ham qaytishmoqda. Tashkent city'dagi eng baland kranni kim boshqaryapti? O‘zimizning qizimiz», — degan Abdulla Aripov.
Bosh vazir A.Aripov ayollarning turmushga chiqish yoshini 18 yoshga ko‘tarish taklifini ma'qullab, shunday degan:
«Borgan sari, ayniqsa Farg‘ona vodiysida, turmush chiqish yoshini sun'iy tushirib yuborish kuzatilmoqda. Qiz turmushga jismonan ham tayyor bo‘lishi kerak. O‘zi yosh bo‘lsa-yu, qo‘lida yana bolasi bo‘lsa, u qanday tarbiya beradi?» — degan Bosh vazir.
Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026