Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Server Jyeparov O‘zbekiston chempionatiga qaytadi
Bekobodning «Metallurg» klubi o‘z safini mahoratli futbolchilar bilan to‘ldirib olmoqda.
Klub matbuot xizmatining ma'lum qilishiga ko‘ra, Andrey Shipilov boshchiligidagi jamoa Server Jyeparov bilan kelishuvga erishdi. Yurtimizning eng nomdor futbolchilaridan biri ushbu klub safida yangi mavsum tayyorgarligiga kirishdi. Futbolchi hamda klub o‘rtasidagi shartnoma Jyeparovning tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tganidan keyin rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston professional futbol ligasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi, deb xabar beradi PFL.
Shuningdek, «Paxtakor» sharafini uzoq yillar himoya qilgan mahoratli himoyachi Kamoliddin Tojiyev va «Qizilqum», «Olmaliq», «Lokomotiv»dagi o‘yinlari bilan tanilgan, so‘nggi yillarni «Buxoro»da o‘tkazgan Shavkat Mullajonov ham «Metallurg» bilan kelishuvga erishdi.
Ayni paytda «Metallurg» tarkibida 35 nafar futbolchi qatnashmoqda. Bekobodliklar mashg‘ulotlarini Qibraydagi o‘quv-mashg‘ulot maskanida olib borishyapti. Dastlabki yig‘in 29 dekabr kuni poyoniga yetadi. Ikkinchi yig‘in ham Qibrayda 2019 yilning 5-25 yanvar sanalari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng «Metallurg» xorij yig‘iniga otlanadi. Rejaga binoan uchinchi yig‘in 27 yanvardan 11 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
13:58 / 28.06.2024
«Metallurg» xodimi cho‘kayotgan yigitni qutqarib qoldi
15:45 / 18.10.2022
«Lokomotiv» Jeparovni iste’foga chiqardi. Klubni avstraliyalik murabbiy boshqaradi
17:23 / 24.08.2022
Server Jeparov – «Lokomotiv» bosh murabbiyi
09:30 / 02.08.2021