Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Iroqda ikkita harbiy baza qurmoqchi ekanligi xabar qilindi
AQSh Iroq g‘arbida, Suriya bilan chegaradan taxminan yuz kilometr masofada ikkita yangi harbiy baza qurishga qaror qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Iroqdagi Al-Anbara viloyati mahalliy kengashi a'zosi Farxon Duleymining so‘zlariga ko‘ra, birinchi baza Qaim tumanida, ikkinchi baza Ru bazasida quriladi. U bu tumanlar strategik muhim hisoblanishini va amerikalik harbiylar chegaradagi xavfsizlikni ta'minlashda Iroq harbiylariga yordam berishini aytgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan haftada Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozonilganini ma'lum qilgandi. Keyinroq esa Suriyadan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026