21:10 / 26.12.2018
15385

Ronaldu «Yuventus»ni qutqardi va boshqa natijalar

Italiya chempionatining 18-turi doirasida «Atalanta» Turinning «Yuventus» klubini qabul qildi. Bergamodagi «Atleti Adzurri» stadionida kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

O‘yinning 2-daqiqasidayoq turinliklar oldinga chiqib olishdi — «Atalanta» himoyachisi Berat Jimsiti o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 24-daqiqada mezbonlar Duvan Sapataning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi. 53-daqiqada uchrashuv bosh hakami «Yuventus» yarimhimoyachisi Rodrigo Bentankurga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi va mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Uch daqiqa o‘tib Sapata dublni rasmiylashtirdi.

65-daqiqada mehmonlar ustozi Massimiliano Allegri Krishtianu Ronalduni o‘yinga tashladi va portugaliyalik hujumchi 78-daqiqada «Yuventus»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golni urdi. 

Bu natijadan keyin «Yuventus» ochkolari sonini 50taga yetkazdi va Italiya chempionati turnir jadvalidagi peshqadamligini davom ettirdi. «Atalanta» 25 ochko bilan — A Seriya turnir jadvalining yettinchi o‘rnida joylashgan.

«Milan» safarda «Frozinone» bilan o‘ynadi. Bahsda har ikkala jamoada yaxshi vaziyatlar bo‘lsa-da, darvozalar ishg‘ol etilmadi. 

Bu natijadan so‘ng, «Milan» qatorasiga 4ta o‘yindan beri g‘alaba qozonolmayapti va gol urolmayapti. Jamoa 28 ochko bilan 5-o‘rinda, «Frozinone» esa 10 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.

18-tur doirasidagi boshqa uchrashuvlarda «Latsio» «Bolonya» ustidan g‘alabaga erishdi (2:0), «Fiorentina» «Parma»ga yutqazdi (0:1), «Kalyari» «Jyenoa»ni mag‘lub etdi (1:0), «Sampdoriya» esa «Kevo» ustidan g‘alaba qozondi (2:0).

Italiya chempionati
18-tur
Atalanta – Yuventus 2:2
(1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 2, avtogol Gimshiti, 1:1 – 24 Sapata, 2:1 – 56 Sapata, 2:2 – 78 Ronaldu.
Atalanta – Berisha, Xatebur, Gimshiti, Masello (Barrou, 86), Kastan, Ilichich (Pessina, 77), Pashalich (Gosens, 67), Gomes, Froyler, Manchini, Sapata.
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Kellini, De Shilo, Aleks Sandro, Bentankur, Djan, Xedira (Ronaldu, 65), Duglas Kosta (Pyanich, 57), Dibala, Mandjukich.
Ogohlantirishlar: Bentankur (18), Sapata (29), Manchini (32), Kellini (38), Xatebur (59), Mandjukich (62), Froyler (90).
Chetlatish: Bentankur (53).

Frozinone – Milan 0:0 
Frozinone – Sportello, Goldaniga, Ariaudo (Salamon, 76), Kraynts, Gilone (Dzampano, 74), Chibsa, Krisetig, Begetto, Mayyello, Chiano, Pinamonti (Chiofani, 80).
Milan – Donnarumma, Musakko, Rodriges, Kalabriya (Konti, 74), Romanoli, Kessie, Bakayoko, Chalxanoglu, Kastilexo (Laksalt, 74), Kutrone, Iguain.
Ogohlantirishlar: Donnarumma (37), Gilone (41), Krisetig (54).

Bolonya – Latsio 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 30 Luis Felipe, 0:2 – 89 Lulich.
Bolonya – Skorupski, Larangeyra, Xelander, Mattello (Orsolini, 61), Kalabrezi, Svanberg, Poli (Destro, 83), Nad, Kreychi, Okvonkvo (Palasio, 65), Santander.
Latsio – Strakosha, Acherbi, Radu, Marushich, Luis Felipe, Milinkovich-Savich (Lukaku, 74), Lulich, Korrea (Parolo, 67), Leyva, Luis Alberto, Kaysedo (Immobile, 61).
Ogohlantirishlar: Kalabrezi (45), Palasio (81).

Kalyari – Jyenoa 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Farias.
Kalyari – Krano, Pizakane, Cheppitelli, Srna, Farago, Chigarini (Bradarich, 87), Padoin, Barella, Joao Pedro (Ionitse, 16), Pavoletti, Farias (Sau, 74).
Jyenoa – Radu, Biraski, Romero (Favilli, 66), Krishito, Pedru Pereyra, Xilemark (Velozu, 77), Sandro (Kuame, 46), Bessa, Rolon, Lazovich, Pentek.
Ogohlantirishlar: Romero (1), Rolon (41), Farias (45), Farago (65), Chigarini (75), Pentek (82).

Fiorentina – Parma 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 45 Ingleze.
Fiorentina – Lafon, Petstselya, Biragi, Milenkovich (Lorini, 40), Vitor Ugo, Fernandesh (Chekkerini, 69), Veretu, Pyatsa, Benassi (Jyerson, 54), Keza, Simeone.
Parma – Sepe, Yakoponi, Galolo, Gatstsola, Bastoni, Rigoni (Barilla, 75), Shtulats (Skotstsarella, 46), Biabiani, Deyola, Siligardi (Jyervino, 87), Ingleze.
Ogohlantirishlar: Milenkovich (13), Rigoni (18), Petstselya (31), Lorini (40), Biabiani (74), Jyerson (88), Ingleze (89), Deyola (90).
Chetlatish: Vitor Ugo (65).

Sampdoriya – Kevo 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 47 Kualyarella, 2:0 – 59 Ramires.
Sampdoriya – Audero, Andersen, Murru, Sala, Kolli, Saponara (Ramires, 46), Ekdal, Linetti, Prat (Yankto, 87), Kaprari (Defrel, 75), Kualyarella.
Kevo – Sorrentino, Tsesar, Barba, Yaroshinski (Depaoli, 66), Bani, Kiyine (Jakkerini, 71), Obi (Xetemay, 15), Radovanovich, Medjorini, Stempinski, Leris.
Ogohlantirishlar: Andersen (56), Tsesar (74), Ramires (84).

Mavzuga oid
Top