Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilning eng yomon smartfoni ma'lum qilindi
The Mashable nashri 2018 yilning eng yomon smartfonini ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, bu Red Hydrogen One smartfoni bo‘lib, uning yagona “plyuslari” uzoq ishlovchi batareyasi va baland tovush chiqaruvchi dinamiklari hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikricha, smartfonning boshqa hamma ko‘rsatkichlari faqat “minus”dan iborat. Ta'kidlanishicha, qurilma displeyining sifati past va umuman olganda gadjyet og‘ir chiqqan. Bundan tashqari, u noqulay loyihalangan bo‘lib, katta o‘lchami sababli uni qo‘lda ushlash og‘riq beradi.
Smartfonning Android-interfeysi juda eski bo‘lib, narxi shunchalik yuqoriki, hattoki Apple’ning flagman smartfonlarini ortda qoldiradi.
Mutaxassislar smartfonni ishlab chiqqanlarni smartfonlar bozorining umumqabul qilingan tendensiyalariga qarshi borib, o‘zgacha qurilma yaratishga muvaffaq bo‘lishgani uchun maqtashgan. Biroq afsuski, bu tanlov noto‘g‘ri bo‘lgan.




Mavzuga oid
21:49 / 12.01.2026
Apple 2025 yilda smartfonlar bozorida jahon yetakchisiga aylandi
00:15 / 04.01.2026
Xiaomi ayrim smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi
02:44 / 28.12.2025
Honor ventilyatorli va ulkan batareyali smartfonlarini taqdim etdi
15:29 / 24.12.2025