10:52 / 27.12.2018
26143

Qurolli Kuchlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish quyidagilarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini salomatligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Davlat xavfsizligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus avariya-tiklash boshqarmasida xizmat faoliyati haqiqiy harbiy xizmatga tenglashtirilgan boshqa vazirlik va idoralarda harbiy xizmatga yaroqliligini;

fuqarolar sog‘ligi va jismoniy rivojlanishining holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiq ularni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari turlari, qo‘shin shakllariga va harbiy mutaxassislikka to‘g‘ri taqsimlash uchun ko‘rsatmalarni;

harbiy xizmat (harbiy yig‘inlar), tenglashtirilgan xizmatni o‘tash davrida fuqarolar tomonidan orttirilgan kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanishning sababiy bog‘liqligini;

harbiy xizmatchilarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ularning sog‘ligini tiklash turlari, hajmi va muddatini.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, PXDX, DXX, IIV, FVV, 15361-harbiy qismda, harbiy xizmatga tenglashtirilgan xizmatni o‘tash nazarda tutilgan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun mudofaa ishlari boshqarmalari va mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarida, tenglashtirilgan xizmat o‘tash ko‘zda tutilgan vazirlik va idoralarda - tibbiy komissiyalar, Mudofaa vazirligi, DXX, IIVda harbiy-tibbiy komissiyalar tashkil etiladi.

HTK va tibbiy komissiyalarni tuzish tartibi, huquq va majburiyatlari, ularning xulosalarini rasmiylashtirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.

HTK va tibbiy komissiyalar zimmasiga kuyidagi vazifalar yuklatiladi:

shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish;

harbiy-tibbiy ekspertizaga uslubiy rahbarlik qilish, davolash-profilaktika muassasalaridagi davolash-sog‘lomlashtirish ishlarini, Qurolli Kuchlarning harbiy-tibbiy muassasalari, harbiy qismlari, muassasalari, korxonalari va tashkilotlaridagi davolash-diagnostika ishlarini, davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash- profilaktika muassasalarida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, PXDX, DXX, IIV, FVV, 15361-harbiy qism harbiy xizmatchilarining tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi va davolanishini, shuningdek, tegishli fuqarolarning tekshiruvdan o‘tkazilishi (kuzatuvda bo‘lishi) va davolanishini tashkil etish, o‘tkazish va natijalari ustidan nazorat qilish;

harbiy xizmatchilar, tenglashtirilgan xizmatni o‘tayotgan fuqarolar, harbiy yig‘inlarni o‘tayotgan fuqarolar, harbiy xizmatni yoki tenglashtirilgan xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tagan fuqarolarning kasallanishi, shikastlanishi, yaradorligi, jarohatlanishini, shuningdek, ularning o‘limiga olib kelgan kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanishning sababiy bog‘liqligini aniqlash;

fuqarolarni harbiy xizmatdan (tenglashtirilgan xizmatdan) bo‘shatish vaqtida salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatni o‘tashga) yaroqliligini aniqlash;

harbiy tibbiy ekspertizaning muammolarini ilmiy tadqiq qilish;

harbiy tibbiy ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha mutaxassis-shifokorlar va o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini tayyorlash.

HTK va tibbiy komissiyalarning faoliyatini nazorat qilish, ularga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish vazirlik va idoralarning markaziy harbiy tibbiy komissiyalari zimmasiga yuklatiladi.

Shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi quyidagi vaqtlarda amalga oshiriladi:

a) fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish vaqtida;
b) fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish vaqtida;
v) fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish vaqtida;
g) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan fuqarolar;
d) shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar;
ye tenglashtirilgan xizmatga kirayotgan fuqarolar;
j) harbiy xizmatchilar;
z) tenglashtirilgan xizmatni o‘tayotgan fuqarolar;
i) harbiy ta'lim muassasalariga (HTM) kirayotgan fuqarolar;
k) MIB huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlariga yuborilayotgan fuqarolar;
l) oliy ta'lim muassasalari huzuridagi harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalariga (harbiy ta'lim fakultetlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslar) tanlab olinayotgan (tahsil olayotgan) fuqarolar;
m) harbiy yig‘inlarga chaqirilayotgan fuqarolar;
n) harbiy yig‘inlarni o‘tayotgan fuqarolar;
o) harbiy yig‘inlarni o‘tagan fuqarolar;
p) Qurolli Kuchlar rezervi va zaxirasidagi fuqarolar (harbiy xizmatga majburlar);
r) shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarning oila a'zolari;
s) harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoit bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishga tayinlanayotgan (kirayotgan) yoki ishlayotgan harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga majburlar, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari;
t) O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga o‘qishga (malaka oshirishga) yuborilayotgan (kirayotgan) shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, HTM kursantlari, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari.

Harbiy-tibbiy ekspertiza tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rik o‘tkazishni ko‘zda tutadi.

Tibbiy tekshiruvda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish oldidan fuqaroning shikoyatlari, anamnezi va tibbiy tekshiruv ma'lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish, laboratoriya, tibbiy uskunalar yordamida, morfologik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan kompleks diagnostika chora-tadbirlari o‘tkaziladi.

Fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanishning aniqlanishi oqibatida, ayrim hollarda esa tibbiy-ekspertizada jarayonida aniqlanganda amalga oshiriladi.

Harbiy xizmatni o‘tamagan va HTMga o‘qishga kirayotgan nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish:

Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya uchun - tuman (shahar) MIBBning;

DXX uchun - DXX hududiy boshqarmalari harbiy-tibbiyot xizmatlarining zimmasiga yuklanadi.

MIBBning (DXX hududiy boshqarmalari HTKning) yo‘llanmasiga ko‘ra nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishidan oldin davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida majburiy diagnostik tekshiruvlardan o‘tadilar.

Tashxisga aniqlik kiritish maqsadida nomzod MIBB (MIB) huzuridagi tibbiy komissiyasi (DXX hududiy boshqarmalari HTK) tomonidan ambulator (statsionar) ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash- profilaktika muassasalariga yuborilishi mumkin.

Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish hamda muddatli va muqobil harbiy xizmatga chaqirishda fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida fuqarolar uzoq muddatli tibbiy tekshiruvga muhtoj bo‘lsa, o‘n ikki oygacha muddatga davolanishga muhtojligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.

Tibbiy tekshiruv yakunlangach, fuqaro qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Muddatli va muqobil harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topilgan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan bosh tortgan yoki qochgan hollarda olti oydan so‘ng qayta ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Muddatli harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ularning kasalligi aniqlanganda ularga 30 sutkadan 60 sutkagacha kasallik ta'tili beriladi.

Top