Jahon | 22:53 / 27.12.2018
8562
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina DXR va LXR bilan Yangi yil oldidan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Ukraina sharqidagi qurolli ixtilof tomonlari 29 dekabr yarimtundan o‘t ochishni belgilanmagan muddatga to‘xtatishga kelishib oldi. Ukraina va o‘z mustaqilligini e'lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari vakillari buni videoanjuman rejimida amalga oshirishgan.
Bu haqda Ukrainaning Minskdagi uch tomonlama kontakt guruhi muzokaralaridagi vakili Yevgeniy Marchuk ma'lum qildi.
Marchuk tinchlik sulhi 29 dekabr soat 00:00dan amal qilishiga umid bildirgan.
Kontakt guruhining Minskdagi avvalgi uchrashuvida Donbassda tinchlik saqlashni 22 dekabrdan boshlashga muvaffaq bo‘linmagan, chunki o‘sha vaqtda Ukrainada hali harbiy vaziyat tartibi amal qilayotgan edi.
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024