Sport | 20:00 / 28.12.2018
30004
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi va sohaning boshqa laureatlari taqdirlandi

Bugun, 28 dekabr kuni «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan ilk marotaba «Milliy sport mukofoti – 2018» taqdirlash kechasi tashkil etildi.

 

Marosimda o‘n beshdan ortiq quyidagi nominatsiyalarda eng yaxshilar e'tirof etildi va ularga statuetkalar topshirildi.

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi –
Bekzod Abdurahmonov (kurash, Osiyo o‘yinlarining ikki karra chempioni)

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi –
Svetlana Radzivil (yengil atletika, Osiyo o‘yinlarining uch karra chempioni va rekordchisi)

Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi –
Ro‘za Qo‘ziyeva (pauerlifting, Paraosiyo o‘yinlari chempioni)

Yilning eng yaxshi sport jamoasi –
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi (Osiyo chempioni)

Ravshan Haydarov (O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi)

Yilning eng yaxshi murabbiyi –
Marat Qurbonov (boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi)

Yil kashfiyoti –
Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni)

Yilning yosh va istiqbolli sportchisi –
Abdumalik Xalakov (boks, o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi, Osiyo va jahon chempioni)

Eng yaxshi sport homiysi –
Ochilboy Ramatov (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti)

Sovrinni Ochilboy Ramatovning vakili qabul qilib oldi.

Yilning eng yaxshi innovatsion va intellektual faol federatsiyasi –
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi

Yilning eng faol federatsiyasi –
O‘zbekiston kurash federatsiyasi

Hududlarda sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun –
Shuhrat Abdurahmonov (Andijon viloyati hokimi)

Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun –
 Oksana Chusovitina (jahon gimnastikasi afsonasi)

Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmati uchun –
Rufat Risqiyev (o‘zbek boksi afsonasi, jahon chempioni, Olimpiada sovrindori)

Eng yaxshi ijtimoiy loyiha –
Zohid Karimov («Sport» telekanali direktori)

Eng faol sport targ‘ibotchisi –
Zafar Imomxo‘jayev (Milliy olimpiya qo‘mitasining Matbuot va media departamenti direktori)

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti –
Marina Yakubova

Sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun –
Ravshan Jo‘rayev (UzReport axborot agentligi bosh direktori)

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi 1996 yildan ta'sis etilgan an'anaviy «Yilning eng yaxshi sportchisi» milliy kubogi 2018 yilda og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevga topshirilishi haqida qaror qabul qilgan edi.

 

Mavzuga oid