O‘zbekiston | 19:20 / 29.12.2018
17339
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston gazi Qozog‘iston orqali tranzit qilinadi

Foto: KazTAG

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zbek gazining Qozog‘iston hududi orqali tranzit qilinishi to‘g‘risida kelishuv imzoladi, deb xabar berdi «KazTransGaz» AJ matbuot xizmati.

«Qozog‘istonning «KazTransGaz» AJ va O‘zbekistonning «O‘ztransgaz» AJ milliy operatorlari ilk bor Toshkent shahri iste'molchilari uchun o‘zbek gazini Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali yetkazib berish to‘g‘risida kelishuv imzoladi», deyiladi xabarda.

Kelishuvga ko‘ra, Qozog‘iston hududi orqali bir mlrd kub metrgacha gaz yetkazib beriladi.

Xabarda aytilishicha, mazkur kelishuv Toshkent shahrida qishki mavsumda energetik muvozanatni ta'minlash imkonini beradi. 

«Gaz Gazli—Chimkent va Buxoro gaz tarmog‘i tumani — Toshkent—Bishkek—Olmaota gaz tarmoqlari orqali yetkazib beriladi», deyiladi xabarda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid