UMS yangi yildan Mobiuz savdo belgisi ostida faoliyat yuritadi

UMS kompaniyasi rebrending amalga oshirdi va kompaniya 2019 yildan Mobiuz savdo belgisi ostida faoliyat yuritadi.
«UMS kompaniyasi bosqichma-bosqich rebrending o‘tkazishni boshladi. Mobil operator o‘z savdo belgisi va brend qadriyatlarini yangi zamon talablariga moslashtirib yangilamoqda. 2019 yilda UMS Mobiuz savdo belgisi ostida faoliyat olib boradi.
UMS rebrendingi kompaniya faoliyatida kechayotgan katta o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq. UMS oxirgi paytlarda yangi rivojlanish va rag‘batlantiruvchi omillarga ega bo‘ldi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrda qabul qilingan «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, mobil operatorga bir qator vazifalar topshirildi. Xususan, UMS O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashi, barcha davlat xizmatlarini faqatgina o‘z ma'lumotlarga ishlov berish markazlari orqali ko‘rsatishi lozim.
Yurtboshimizning 2018 yilning 13 dekabridagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni esa UMS faoliyatida yangi innovatsion yo‘nalishlarni aniqlab va belgilab berdi. Xususan, kompaniya joriy faoliyati bilan bir qatorda davlat xizmatlari operatoriga aylanib, hukumat mobil aloqasi va kriptografik himoyalangan ilk milliy UzChat messenjerini joriy qilmoqda.
Bundan tashqari, UMS platformasida Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimi, davlat sektori uchun blokcheyn yechimlar, aholi uchun raqamlashtirilgan davlat xizmatlari yaratilmoqda. Bu esa elektron hukumat tizimini rivojlantirish, davlat boshqaruviga axborot tizimlarini joriy qilish, bu sohada yagona davlat siyosatini olib borishga xizmat qiladi.
Bunday shart-sharoitlarda kompaniya rebrendingi yangi o‘zgarishlarni ifoda etishi, kompaniya qadriyatlarini g‘oyaviy jihatdan va mazmunan o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Buni inobatga olgan holda UMS mobil operatorining savdo belgisini Mobiuz, deb nomlashga qaror qilindi. Rebrending ishlari dekabr oyida, kompaniya nomini tanlash, brend ranglarini va boshqa belgilarni yaratishdan boshlandi. Rebrending bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu qadamlar kompaniya brendini «soflashtirish», jamiyatga kompaniyaning yangi qadriyatlarini yetkazishga xizmat qiladi. Yangi obraz kompaniyani yanada tanitish va uning yangi imijini yaratishga ham ko‘mak beradi.
Shunday qilib, 2019 yil UMS mobil operatori uchun amaliy o‘zgarishlar davriga aylanadi, bu esa kompaniya abonentlari va mijozlariga faqat ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. «UMS» MChJ davlat xizmatlari operatori sifatida aholining raqamli xizmatlar, yuqori tezlikdagi Internet va ommabop servislarga bo‘lgan ehtiyojini maksimal tarzda qondirishga bel bog‘laydi», deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21 noyabr kuni imzolangan «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan Universal Mobile Systems (UMS) uyali aloqa operatori ustav kapitalidagi davlat ulushi 100 foiz «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi davlat muassasasiga topshirilishi ma'lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03
-
BMT: G‘azoda issiq ovqat tarqatish miqdori 70 foizga kamaydi
Jahon | 07:29
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
Mavzuga oid

09:00 / 20.12.2023
Mobiuz ISO sertifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi

17:14 / 08.12.2023
Mobiuz 340 kun ichida Toshkent viloyatida 440 dan ortiq tayanch stansiyalarini ishga tushirdi

16:55 / 06.12.2023
Surxondaryo viloyatida 320 dan ortiq Mobiuz tayanch stansiyalari ishga tushirildi

14:06 / 01.12.2023