Jamiyat | 19:20 / 30.12.2018
4934
2 daqiqa o‘qiladi

«LaLaku» tagliklarini ishlab chiqaruvchi «Sof Gigienik» kompaniyasi bayram tadbiri o‘tkazdi

O‘zbekistonda taniqli bo‘lgan «LaLaku» tagliklarini ishlab chiqaruvchi Sof Gigienik kompaniyasi tashkil etilganligining bir yilligi munosabati bilan 28 dekabr kuni Toshkent shahridagi Ashxobod bog‘ida o‘ziga xos bayram tadbirini o‘tkazdi. 

Bayram tadbiri davomida kattalar va bolalar uchun tanlovlar tashkil qilinib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Vohidjon Isoqov, Sharof Muqimov kabi estrada yulduzlarining chiqishlari bayram ishtirokchilarini raqsga chorlagan bo‘lsa, so‘z ustasi Ma'murjon Xolmedov yig‘ilganlarga xush kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, bayram mehmonlari uchun fotosessiyalar o‘tkazildi.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar “LaLaku” tagliklarining sifati va qulayligidan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Ushbu mahsulot bilan tanish bo‘lmagan yangi mijozlar uchun esa namunalar va u haqidagi ma'lumotlar jamlangan katalog taqdim qilindi.

Sof Gigienik kompaniyasi bu kabi tadbirni ilk bor o‘tkazishi emas. Aytish joizki, har galgi bayram tadbirlari aholi gavjum bo‘lgan joyda, alohida tayyorgarlik, maxsus dekoratsiya, mashhurlar ishtirokida o‘tkazib kelinmoqda va bu tadbirlardan barcha birdek mamnun bo‘lmoqda.

 Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid