Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijliklar qanday joylashuv vositalarini ma'qul ko‘rishmoqda? 2018 yil statistikasi
2018 yilda O‘zbekiston bo‘ylab sayohat davrida xorijlik fuqarolarning aksariyati (43,6 foiz) oila va do‘stlar bilan birga yashashni ma'qul ko‘rgan. Shuningdek, 2, 3 hamda 4, 5 yulduzli mehmonxonalarga ham talab katta (18,0 va 17,3 foiz) bo‘lgan. Oila, xostellar, sanatoriylar, dam olish zonalari va uylari, ijara uylarida joylashish ko‘rsatkichlari ham shunga yaqin (15 foiz). "Turizmning oq kitobi 2018"da shunday statistik ma'lumotlar taqdim etilgan.
Oila va do‘stlar davrasida yashashni tanlagan xorij fuqarolarining 85,1 foizini Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurganlar tashkil qiladi. Mazkur natijalar O‘zbekistonga kelgan mehmonlarning 82 foizdan ortig‘ini bu yerga tashrifdan maqsadni do‘stlari va qarindoshlarinikiga tashrif buyurish sifatida belgilagan kishlar tashkil qilishi bilan ham bog‘liq, zero bu respondentlar Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari bo‘lgan.
Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (OTOM)dan tashrif buyurgan sayyohlarning asosiy qismi esa joylashuv vositasi sifatida 2, 3 va 4, 5 yulduzli mehmonxonalarni afzal ko‘rgan. Yevropaliklarning 34 va 37 foizi o‘z navbatida 2, 3 va 4,5 yulduzli mehmonxonalarni ma'qul ko‘rgan. OTOMdan kelgan sayyohlarning 40 va 43 foizi 2,3 hamda 4, 5 yulduzli mehmonxonalarni joylashuv vositasi sifatida tanlagan.
Yaqin Sharq va Shimoliy Amerikadan tashrif buyurgan turistlarda ham shunga o‘xshash holat - mazkur mintaqalardan kelgan sayyohlarning 79,6 va 75 foizi 2,3 hamda 4, 5 yulduzli mehmonxonalarga joylashgan.
Mavzuga oid
17:36 / 31.01.2026
O‘zbekistonda tug‘ilishlar ketma ket ikkinchi yil qisqardi. Sabab nima?
13:40 / 31.01.2026
Toshkent va Farg‘ona savdo xizmatlarida yuqori ko‘rsatkich qayd etdi
10:21 / 31.01.2026
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash bozori qariyb 20 trln so‘mni tashkil etdi
20:47 / 30.01.2026