Dekabr oyi oxirida Farğona vodiysi va ayrim hududlarida metan gaz «zapravka»lari ostonasida yuzaga kelgan turnaqator tirbandliklar saqlanib qolmoqda. Vaziyat şunçalar çigallaşib ketganki, muammo nimadan boşlangani, uni qanday bartaraf etişni aniq aytiş muşkul vazifa. 

Tirbandliklar qanday oqibatlarga ega?

Ayni holatda, «zapravka»lardagi vaziyat tufayli yöl kiralar narxi ham oşgan. Navbat kutib turganlarning aksariyati yönalişdagi taksilar, tumanlararo qatnovçi kirakaşlar bölib, ular «zapravka» qiliş mobaynida yöqotilgan vaqt uçun kompensatsiya​ni kira haqiga qöşişmoqda. Odatda, kirakaş özi uçun bir kunlik norma, rözğor uçun yetarli daromad miqdorini belgilab oladi. Yarim kun işlamasa ham, u «kira byudjyeti»ni boşqa usullar bilan töldirişi lozim böladi. «Gaz»da ham 5 soat turib çiqyapmiz, aka» degan vaj bilan transportdan foydalaniş xizmati keskin oşib ketyapti.

Nega tirbandlik hosil bölyapti? Nega haydovçi vaqtini yöqotmoqda?

Bu ham yaxşi savol. Agar juda sodda javobni istasangiz, u quyidagiça: gaz «zapravka» ertalabki soat 6.00dan keçki 20.00ga qadar işlayapti. Barça haydovçilar çegaralangan vaqtda hojatini çiqarib olişi lozim. Bu tirbandlikka sabab böladi.

«Öztransgaz»ning Gazeta.uz'ga ma'lum qilişiça, iste'molning eng köp hajmi Andijon (270,9 million kubometr), Namangan (321,5 million kubometr) va Farğona (292,7 million kubometr) viloyatlari hissasiga töğri kelmoqda. Qolaversa, tirbandlikka sabab bölayotgan boşqa bir omil -  ​«taksi effekti». Ya'ni, hamma «pik vaqt»da «zapravka»ga otlanmoqda.

«Zapravka» keçasi işlamayapti, çunki gaz aholiga ham kerak

Holatga rasman izoh berayotgan mas'ullarga köra, sovuqda aholini gaz bilan ta'minlaş ustuvor vazifa sanaladi. Şuning uçun «zapravka» işlamayapti. «Zapravka»da realizatsiya qilinişi nazarda tutilgan gaz esa aholi iste'moli uçun yönaltirilmoqda.

Barça-barça gaz bilan 100 foiz ta'minlandi, mana şuning uçun «zapravka»da holat şunaqa, demoqçi emasmiz. Qolaversa, Iqtisodiyot vazirligi qazib çiqarilgan gazdan samarali foydalaniş uçun yoqilğini taqsimlab qöygandi. Kim qança işlatişi kerakligi yil boşidan ma'lum edi. Şunçaki, tanganing boşqa tomonida manzara özgaça: sovuq kunlar tufayli gaz bosimi tuşib ketgan. «Zapravka»dagi tirbandlik evaziga bölsa-da, gaz quvuri işlab turgan, köp qavatli uylardagi aholi uçun ğamxörlik qiliş muhim.