Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Hakim Dolimov Farg‘ona viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Farg‘ona viloyati hokimligi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati direktori vazifasida ishlab kelgan Hakim Dolimov Farg‘ona viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Hakim Dolimov jamoatchilikka tanishtirildi.
Hakim Dolimov 1983 yilda Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Farg‘ona viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasida mutaxassislikdan boshlagan. Mazkur boshqarmada bosh mutaxassis, birinchi o‘rinbosar, Farg‘ona viloyati hokimining sanoat, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Milliy va hududiy investitsiyalarning yo‘nalish va loyihalarini shakllantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi, Farg‘ona viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori vazifalarida ishlagan.
U 2021 yildan tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati hokimligi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
12:24
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
19:50 / 12.01.2026