Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati IIB farzandini enaga kaltaklagan onaga munosib ish topib berishni va’da qildi
Viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikromov og‘ir vaziyatga tushib qolgan mazkur oilaga uy olib bergani uchun navoiylik tadbirkorga minnatdorlik bildirib, uni taqdirladi.
Kun.uz avvalroq Farg‘ona shahrida yashovchi Muqaddas G‘aniyeva turmushi buzilib muammolar girdobida qolgach ilojsizlikdan 6 yashar o‘g‘li Azizbek va 2 yarim yashar qizi Imronaxonni enagaga topshirib o‘zi Rossiyaga ishlash uchun ketgani, enaga qizaloqni do‘pposlab bosh qismi va tanasiga jiddiy jarohat yetkazgani haqida surishtiruv e’lon qilgandi.
Shundan keyin navoiylik tadbirkor ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga Farg‘ona shahridan uy olib berdi. Shuningdek tadbirkor Muqaddas G‘aniyevaning Rossiyadagi qarzlarini to‘lash bilan bir qatorda onani vatanga qaytib kelishi uchun aviachiptalargacha ta’minladi.
Ma’lum bo‘lishicha, IIB boshlig‘i Muqaddas G‘aniyevaga munosib ish topib berishni va’da qilgan.
Enagaga nisbatan esa Farg‘ona shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilyapti.
Mavzuga oid
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
12:53 / 11.06.2026
Mashinada unutib qoldirilgan bog‘cha bolasi dimiqib vafot etdi. Bu Qashqadaryoda bir yil ichidagi ikkinchi shunday hodisa
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
08:24 / 04.06.2026