Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi OKMKga nisbatan sanksiya qo‘llaydi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Chempionlar ligasining 2019 yilgi mavsumi uchun litsenziya olgan klublar ro‘yxatini e'lon qildi.
Ro‘yxatdan ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekistondan 17ta klub litsenziya uchun ariza topshirgan bo‘lib, ulardan faqat to‘rttasiga («Lokomotiv», «Paxtakor», «Bunyodkor», «Qizilqum») ruxsatnoma berilgan. Yana uchta klubga (OKMK, «Navbahor», «Nasaf») sanksiyalar bilan litsenziya berilgan, qolgan 10ta klub litsenziyalashdan o‘ta olmagan.
Alisher Nikimbayevning o‘z Telegram-kanalida aniqlik kiritishicha, sanksiyalar bilan litsenziya olgan klublar barcha majburiy talablarga («A» kategoriya mezonlari) javob bergan, ammo majburiy bo‘lmagan mezonlarning ba'zilarini («V» kategoriya) bajarmagan. Bunday holatda klublarga litsenziya taqdim etiladi, ammo shu bilan birga sanksiya ham qo‘llanadi (masalan, jarima). Ya'ni OKMK, «Navbahor» va «Nasaf» klublari ma'lum sanksiyalar evaziga ruxsatnomani qo‘lga kiritishgan.
Ma'lumot uchun, OFK litsenziyalashidan o‘ta olmagan klublar qit'a musobaqalariga qo‘yilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, OChLning 2019-2020 yillar mavsumlari uchun O‘zbekistonga 1+2 shaklida kvota ajratilgan. 2019 yilda «Lokomotiv» Chempionlar ligasini guruh bosqichidan boshlaydi, «Paxtakor» va OKMK o‘tish o‘yinlarida qatnashadi.
Mavzuga oid
17:30 / 18.02.2026
“To‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilmagan” – OKMK 200 mln dollarlik tenderlar haqida izoh berdi
19:24 / 17.02.2026
OKMKning 200 mln dollarlik tenderlari: g‘oliblar bir-biriga aloqadormi?
11:00 / 22.01.2026
OKMK: Barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat bosh mezon
15:00 / 25.10.2025