Jahon | 20:49 / 02.01.2019
10040
2 daqiqa o‘qiladi

Tsukerberg nima uchun Facebook aksiyalarini sotgani ma'lum bo‘ldi

Yaqinda Mark Tsukerberg Facebook aksiyalarini 30 million dollarga sotganida ba'zilar uning kompaniya  boshqaruvidan ketmoqchi ekani haqida o‘ylab qolishgan edi. Biroq endi uning nima uchun bunday yo‘l tutgani ma'lum bo‘ldi. Bunga qator kasalliklarni davolash uchun miya implantlarini ishlab chiqarishni maqsad qilgan "Chan-Tsukerberg tashabbusi" (Chan Zuckerberg Initiative, CZI)loyihasini moliyalashtirish sabab sifatida keltirilmoqda. 

CZI loyihalaridan biri "miya-mashina" turidagi interfeys ishlanmasi, ya'ni fikrlarni buyruqqa aylantiruvchi qurilmani o‘z ichiga oladi. Bu bosh miyaning simsiz implanti bo‘lib, u real vaqt rejimida inson harakatini yozib olishi, rag‘batlantirishi va boshqarishi mumkin. Nature jurnalining xabar berishicha, ushbu dastur ustida ishlayotgan olimlar jamoasi bunday qurilmani yaratish va uni primat miyasiga implantatsiya qilishning uddasidan chiqqan. 

Olimlar buni "terapiya"ga aralashuv deb atashmoqda, chunki u epilepsiya yoki Parkinson kabi kasalliklarni davolashga mo‘ljallangan. 

"Qurilmamiz primat miyasini nazorat qila oladi", - dedi tadqiqot hammuallifi, Kaliforniya Universiteti  professori Rikki Myuller. 

"Miya-mashina interfeyslarining qo‘llanilishi uzoq istiqbolli natijalarga olib keladi: ba'zi tadqiqotchilar miya jarohati va xatti-harakatlarga ta'sir ko‘rsatuvchi boshqa kasalliklarga qarshi kurashishda odamlarga yordam berish uchun interfeyslardan foydalansa, biz bu noutbuk va smartfonlar bilan ishlash jarayonini yodga solishi uchun  harakat qilyapmiz", - deydi u. 

"Hozirning o‘zidayoq muayyan motor funksiyasini olib, uning qanday ishlashini aniqlashimiz va hatto uni boshqarishimiz mumkin. Ushbu qurilma davolashning yangi turlari uchun imkoniyatlar kashf qiladi, deb hisoblayman", - deydi professor Myuller. 

Qurilma Cortera nomini olgan. 

Mavzuga oid