Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerberg dunyodagi eng badavlat insonlar reytingida Amazon asoschisini ortda qoldirdi
Hozirda Facebook asoschisining boyligi 206,2 milliard dollarga baholanmoqda, bu reytingda uchinchi o‘rinni egallagan Jyeff Bezosnikidan 1 milliard dollarga ko‘p demak.

Foto: AP
Bloomberg Billionaires Index’ning navbatdagi milliarderlar reytingini yuqori pog‘onalarida o‘zgarish sodir bo‘ldi. Meta Platforms asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg boyligi jihatidan Amazon asoschisi Jyeff Bezosdan o‘zib ketdi va reytingda ikkinchi o‘rinni egalladi.
Hozirda Tsukerbergning boyligi 206,2 milliard dollarga baholanmoqda, bu reytingda uchinchi o‘rinni egallagan Amazon rahbarinikidan 1 milliard dollarga ko‘p demak. Ammo Tsukerbergning ayni kunlarda birinchi o‘rinda ketayotgan Ilon Maskdan ancha ortda: ularning orasidagi farq qariyb 50 milliard dollar. Qayd etilishicha, Maskning boyligi oktyabr oyida 256 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, joriy yilda Mark Tsukerberg o‘z boyligini 78 milliard dollarga oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu Meta ortidan kelgan daromad va 60 foizdan ortiqqa ko‘tarilgan kotirovkalar hisobiga yuz bergan.
Avvalroq Meta kompaniyasi asoschisi Mark Tsukerbergning boyligi Metaverse loyihasi ishga tushirilganidan beri olti barobarga oshib, 201 milliard dollarga yetgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, amerikalik tadbirkor, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkinligi aytilgan edi. Tadqiqotchilar Maskning boyligi har yili o‘rtacha 110 foizga oshayotganini hisobga olgan.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilda Netanyahu ishini olib borayotgan bosh prokuror iste’foga chiqarilishi mumkin
Jahon | 23:20
-
Rossiya yadroviy raketalarini yana Yevropaga qaratishini ma’lum qildi
Jahon | 23:06
-
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59
-
Okean bo‘yidagi hayot umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishi mumkin
Sog‘lom hayot | 22:12
Mavzuga oid

18:27 / 18.04.2025
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

22:38 / 30.01.2025
Meta kompaniyasi Trampga 25 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi

22:15 / 15.01.2025