O‘zbekiston | 20:27 / 03.01.2019
19918
2 daqiqa o‘qiladi

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar bilan maslahatlashgan holda ishlab chiqish maqsadida jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.  

2019 yil Davlat dasturi loyihasi 249 ta banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston prezidentining 2018 yilning 28 dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy g‘oya va takliflari hamda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

Shuningdek, jamoatchilik muhokamalari doirasida fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirokida davra suhbatlari, munozaralar, ochiq muloqotlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Muhokamalar davomida kelib tushgan barcha fikr va takliflar natijasida Davlat dasturi loyihasi yanada takomillashtiriladi.

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili», «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturlari ham fuqarolar bilan maslahatlashgan, fikr va takliflarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan edi.

Mavzuga oid