O‘zbekiston | 22:19 / 03.01.2019
8646
2 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolarga pasport xizmati ko‘rsatish tizimini soddalashtirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, fuqarolarga pasport xizmati ko‘rsatish tizimini soddalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada tuman, shahar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlaridagi O‘zbekiston fuqarolarini turgan joyi bo‘yicha hisobga olish, respublikaning boshqa viloyatlaridan kelgan fuqarolarini doimiy propiska qilish hamda hudud ichida bir manzildan ikkinchi manzilga o‘tgan fuqarolarini doimiy propiska qilish xizmatlarini ularning yashab turgan joylariga yaqin bo‘lgan tuman, shahar ichki ishlar bo‘limlarida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, ushbu xizmatlarni Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ham amalga oshirilishini belgilash nazarda tutiladi.

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid