Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar yanada qo‘llab-quvvatlanadi
Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar korxonalardagi bo‘sh va kvotalangan ish o‘rinlariga, hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik va boshqa yo‘nalishlarda manzilli asosda ish bilan ta'minlanadi. Bu «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilmoqda.
Loyihada ko‘rsatilishicha, amaliy chora-tadbirlar doirasida 1 584 nafar og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga imtiyozli ipoteka krediti asosida arzon uy-joylar beriladi.
Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash fondi orqali xotin-qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantirishga 100 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratiladi.
Tadbir doirasida 61 ta tumanda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari tashkil etiladi.
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
13:12 / 18.06.2026
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:43 / 25.05.2026