Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy Majlis palatalarining norma ijodkorligi va parlament nazorati yo‘nalishidagi faoliyatini kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda
Foto: Oliy Majlis qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish maqsadida Oliy Majlis palatalarining norma ijodkorligi va parlament nazorati yo‘nalishidagi faoliyati kuchaytiriladi va samaradorligi oshiriladi. Bu «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Loyihaga ko‘ra, Oliy Majlis palatalari yuridik xizmatlari negizida Yuridik boshqarmalar tashkil etilib, uning shtat birliklari ko‘paytiriladi. Bundan maqsad, qonunlarning to‘liqligi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi mexanizmlarini ta'minlashdir.
Deputat va senatorlar tomonidan joylarga chiqib, aholini tashvishga solayotgan muammolarni tizimli ravishda chuqur o‘rganib borish amaliyoti yanada takomillashtiriladi.
Har bir parlament nazorati tadbiri yakuni bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilib, tegishli mansabdor shaxslarning faoliyatiga tanqidiy baho berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muayyan faktlar yoki voqealar sodir bo‘lganda parlament tekshiruvi institutidan foydalanish nazarda tutiladi.
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:24 / 03.12.2025
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
20:23 / 12.11.2025
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti majlisida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
14:39 / 11.10.2025
Britaniya O‘zbekiston hududlari uchun ustuvor loyihalarni ishlab chiqishda ko‘maklashadi
10:04 / 12.05.2025