Yana 45 davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin (to‘liq ro‘yxat)

2019 yilning 1 fevralidan 45 davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilinadi. Kun.uz muxbiri Prezidentning «O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, joriy yilning 1 fevralidan e'tiboran quyidagi mamlakatlar fuqarolari O‘zbekistonga 30 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz rejim asosida tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi (shu vaqtgacha bunday ro‘yxatdagi mamlakatlar soni 18ta edi).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti 2018 yilning fevralida 7 mamlakat — Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartibni joriy etish haqidagi farmonni imzolagan edi. Ushbu ro‘yxatga mart oyida Tojikiston, oktyabrda Fransiya, 15 yanvardan esa Germaniya qo‘shildi (shu bilan ro‘yxatdagi mamlakatlar soni 19taga yetardi, yangi farmon bilan esa bunday mamlakatlar soni 64tani tashkil etadigan bo‘ldi).
Ayni vaqtda 39 mamlakat fuqarolari uchun sayyohlik vizalarini olishning soddalashtirish tartibi amal qila boshladi (hozir bunday mamlakatlar soni — 51ta). Iyul oyidan elektron vizalar, 16 yoshgacha bo‘lgan chet elliklar uchun vizasiz tartib va 101 mamlakatdan kelayotgan tranzit aviayo‘lovchilar uchun besh kunlik vizasiz tartib yo‘lga qo‘yildi.
Davlat rahbarining farmonida qayd etilishicha, viza tartibi va O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarining soddalashtirilishi — infratuzilmalarni rivojlantirish va xorijda mamlakatning sayyohlik salohiyatini faol targ‘ib qilish bilan birgalikda — respublikaga kelgan chet elliklar sonining 2017 yildagi 2,60 million kishidan 2018 yilda 5,3 million kishigacha, ikki barobarga oshishiga sabab bo‘ldi.
2019 yil 1 fevraldan fuqarolari elektron kirish vizalarini olish huquqiga ega mamlakatlar ro‘yxatiga 76 davlat qo‘shiladi. Bundan taqshari, 15 martdan e'tiboran amal qilish muddati 30 kun bo‘lgan ikki martalik va ko‘p martalik elektron kirish vizalari joriy etiladi. Shuningdek, chet el fuqarolarining alohida guruhlari uchun Vatandosh visa, Student visa, Academic visa, Medical visa va Piligrim visa kabi yangi viza kategoriyalari (elektron emas) yo‘lga qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Sport | 17:42
-
Sun’iy intellekt tobora kuchayib bormoqda, lekin ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ymoqda – OAV
Fan-texnika | 17:40
-
Yangi hayotga qadam: so‘nggi qo‘ng‘iroqdan reportaj
Jamiyat | 17:31
Mavzuga oid

12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi

10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

17:29 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi

14:06 / 03.05.2025