Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» Sulsher boshqaruvida qatorasiga beshinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi
Angliya Kubogining 3-bosqich o‘yinlari davom etmoqda.
«Manchester Yunayted» o‘z maydonida quyi liga vakili «Reding»ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi. Gollarga Mata va Lukaku mualliflik qilishdi.
Qayd etish kerakki, bu Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvida qatorasiga beshinchi o‘yindagi beshinchi g‘alaba bo‘ldi. U bu orqali afsonaviy Mett Basbi rekordini takrorladi.
Norvegiyalik mutaxassis o‘tgan yilning 19 dekabrida jamoada Joze Mourino o‘rnini egallagach, manchesterliklar APLda qatorasiga 4ta turda «Kardiff» (5:1), «Bornmut» (4:1), «Haddersfild» (3:1) va «Nyukasl» (2:0) kabi jamoalarni mag‘lub etgandi. Beshinchi g‘alabadan keyin to‘plar nisbati 16:3 ko‘rinishini oldi.
Angliya Kubogining beshinchi bosqichi doirasidagi o‘yinlardan keyin hozircha o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozongan «Tottenhem», «Byornli», «Vest Hem», «Brayton», «Vest Bromvich» va «MYu» keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Bu bosqichda durang natija bilan yakunlangan qarama-qarshiliklarda javob bahslari o‘tkaziladi. «Stok Siti» «Shrusberi»ni, «Sheffild» «Luton»ni birinchi o‘yinda yenga olmadi va masalani javob uchrashuviga qoldirdi.
Angliya Kubogi, 3-bosqich
5 yanvar
Manchester Yunayted – Reding 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 22, penalti Mata, 2:0 – 45 Lukaku.
Manchester Yunayted – Romero, Djons, Darmian, Yang, Diogu Dalot, Pereyra, Maktomini, Mata (Chong, 62), Fred (Fellayni, 62), Sanches (Reshford, 64), Lukaku.
Reding – Yaakkola, Mur, Ilori (Aluko, 46), Richards, Yadom, Svift, Xerriott (Meyte, 76), Kelli, Rinomxota, Makkliri (Barrou, 61), Louder.
Ogohlantirishlar: Yadom (33), Chong (77).
Byornli – Barnsli 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90, penalti Vud.
Vest Hem – Birmingem 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 2 Arnautovich, 2:0 – 90 Kerroll.
Bornmut – Brayton 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 31 Knokert, 0:2 – 34 Bissuma, 1:2 – 55 Pyu, 1:3 – 64 Andone.
Shrusberi – Stok Siti 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 45, penalti Norbern, 1:1 – 78 Krauch.
Vest Bromvich – Uigan 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 31 Sako.
Sheffild Uensdey – Luton 0:0
Mavzuga oid
12:33 / 02.02.2026
«MYu»da kambek, «Siti» darvozasiga yil goli, «Real» amalladi. Kun o‘yinlari
12:15 / 18.01.2026
«Siti» derbida taslim etildi, muxlislar Vinini yig‘latishdi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
21:25 / 05.01.2026