Oltinsoyning «oltin yo‘llari»ga kimlar javobgar edi?
Xizmat safari yuzasidan Surxondaryo viloyatiga tez-tez yo‘limiz tushib turadi. Viloyatning baland-baland tog‘lari, xushmanzara adirliklari jozibasi kishini o‘ziga maftun etmay qolmaydi.
Ammo avtomobil ketma-ket yo‘ldagi chuqurliklarga tushib, go‘zal taassurotlaringizni bir zumda to‘zg‘itib yuboradi.
Siz suratlarda ko‘rib turgan ushbu uzun, o‘ta ta'mirtalab yo‘llar Oltinsoy tumani, Bo‘laktepa ko‘chasidan boshlanadi. Qolaversa, tumanga qarashli boshqa ko‘chalardagi yo‘laklar ta'mir darajasi ham ko‘ngildagidek emas.
Surishtiruvlarga ko‘ra yo‘llardagi ushbu chuqurliklar anchadan buyon avtomobillar o‘tib-qaytishiga noqulaylik tug‘dirib keladi. Ya'ni muammo eski. Biroq, uni hal etishga kelganda mas'ullar tomonidan panja orasidan qarab kelinmoqda.
Holatlarni suratlarga muhrlayotganimizda, yo‘ldan o‘tayotgan haydovchilar ham bir muddat to‘xtab, holat yuzasidan o‘z e'tirozlarini bayon etishdi. Aksariyat tinglangan shikoyatlar mazmuni esa yirik hajmdagi chuqurliklarga tushaverib, bir necha bor avtomobillarning nosoz holatga kelib qolganligi haqida bo‘ldi.
Masalani ayni qish mavsumida hal etish, ta'mir ishlarini olib borish sifat darajasidagi talabga javob beradimi yo‘qmi? Buni mutasaddilar bilan birgalikda mutaxassislar hukmiga havola etamiz.
Biroq, bizni qiziqtirayotgani, yanagi yilda ko‘zda tutilgan ta'mirlar rejasiga Oltinsoy yo‘llari ham to‘liq kiritiladimi?
Ushbu savolimizga 2019 yil davomida javob kutib qolamiz.
Tahririyatdan: Oltinsoy tumanida joylashgan bu abgor yo‘l haqida Kun.uz avval ham fotoreportaj tayyorlagan edi. Shundan so‘ng surxondaryolik mas'ullar mazkur yo‘l bo‘ylab joylashgan ko‘priklardan birini ta'mirlab qo‘yish bilangina cheklanishgan edi. Ko‘rib turibmizki, Kun.uz’dagi dastlabki chiqishdan so‘ng ham Oltinsoy tumanidagi yo‘llar qariyb 1,5 yildan buyon o‘zgarishsiz ahvolda qolmoqda.
Mohichehra Eshmirzayeva
Tavsiya etamiz
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?
Iqtisodiyot | 11:21 / 23.01.2025
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Ingliz tili katta imkoniyatlar eshigini ochishini erta tushunganman” - Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutgan farg‘onalik yigit hikoyasi
Jamiyat | 17:17 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Shanxayda odamsimon robotlarni tayyorlaydigan baza ochildi
Fan-texnika | 00:09
-
Luvr direktori muzeyning avariyaviy holatda ekanidan shikoyat qildi
Jahon | 00:00
-
Avstriyada milliarder Rene Benko hibsga olindi
Jahon | 23:05 / 23.01.2025
Mavzuga oid
17:50 / 21.01.2025
Surxondaryodagi maktablardan birida direktor o‘rinbosari o‘quvchi qizning nomusiga tegib kelgani ma’lum bo‘ldi
17:44 / 17.01.2025
Toshkentda 4 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi
11:18 / 13.01.2025
Surxondaryoda Afg‘onistonga eksport qilingan unni sotib, pulini onlayn qimorga tikib yuborgan haydovchi 3 yilga qamaldi
17:44 / 06.01.2025